21:43 / 15.03.2021
2 526

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi
AQSHning Perdyu universiteti olimlari dunyoning 160 ta mamlakati aholisi o‘rtasida tadqiqot olib borib, insonlar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun yiliga qancha mablag‘ kerakligini o‘rganib chiqdi, deb yozmoqda Expensivity.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun yiliga 21 960 dollar (taxminan 231 million so‘m) topishlari kerak. Qirg‘izistonda yiliga 8 997 dollar topgan aholi o‘zini baxtli his qilishi qayd etilgan. Qirg‘iziston baxtli his qilish uchun eng kam pul talab etiladigan davlatlar 10 taligidan ham o‘rin olgan. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 14 607 dollar, Afg‘onistonda 16 248 dollar, Tojikistonda 22 850 dollar, Turkmanistonda esa 50 393 dollarni tashkil etadi.

Foto: Expensivity
Baxtli his qilish uchun eng kam pul «talab qilinadigan» mamlakatlar uchligidan Surinam (6 799 dollar), Argentina (8 788 dollar), Angola (8 921 dollar) o‘rin oldi.

Foto: Expensivity
Baxtli bo‘lish «qimmat» bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Bermuda orollari (143 933 dollar), Avstraliya (135 321 dollar), Isroil (130 457 dollar) yetakchilik qilmoqda.

Foto: Expensivity
Shaharlar orasida Nyu-York eng qimmat shahar deb topilib, u yerda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun o‘rtacha 139 183 dollar kerak bo‘ladi. Undan keyingi o‘rinlarni Gavayi shtati poytaxti Gonolulu (133 713 dollar), Shveysariyaning Bern shahri (128 696 dollar), Alyaskadagi Ankorij (128 633 dollar) va Vashingtondagi Sietl shahri (124 833 dollar) egallagan.

Perdyu universiteti olimlari «Jahondagi baxt, qoniqarlilik darajasi va burilish nuqtalar» bo‘yicha o‘rganish natijalariga Jahon banki, TheGlobalEconomy’ning to‘lov qobiliyati pariteti ko‘rsatkichlari, Numbeo’ning turmush darajasi indeksi ma’lumotlaridan foydalangan holda tuzgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi