10:39 / 20.03.2021
1 670

Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi

Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi
Samiya Suluxu Hasan (chapda)
Foto: AP Photo

Tanzaniya sobiq vitse-prezidenti Samiya Suluhu Hasan mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda mahalliy The Citizen gazetasiga tayanib «RBK» xabar berdi.

«Men, Samiya Suluxu Hasan, mamlakatni halollik bilan boshqarishga, Tanzaniya Konstitutsiyasiga bo‘ysunishga va uni himoya qilishga va’da beraman», — dedi u mamlakatning eng yirik shahri Dar-es-Salamda bo‘lib o‘tgan marosimda.

Tanzaniyaning avvalgi prezidenti Jon Magufuli 17 mart kuni vafot etgan edi, shundan so‘ng Samiya Suluxu Hasan ushbu lavozimni egalladi. Tanzaniya Konstitutsiyasiga ko‘ra, u Magufulining 2025 yilda tugashi kerak bo‘lgan ikkinchi besh yillik prezidentlik muddatining qolgan qismida davlatni boshqaradi. Suluxu ushbu Afrika davlatidagi birinchi ayol prezident bo‘ldi. Shuningdek, u yana bir marta prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

Nashrning ta’kidlashicha, kelasi shanba kuni mamlakatdagi hukmron Inqilobiy partiya rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, unda yangi vitse-prezident saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Magufuli mamlakatda cheklovlar joriy qilishdan bosh tortgan va tibbiy niqob taqmaganlarni olqishlagan. Infeksiya tarqalishiga qarshi kurashishning ilmiy usullari o‘rniga, prezident tanzaniyaliklardan COVID-19 ustidan g‘alaba uchun ibodat qilishni so‘ragan va «koronavirus — iblis» deb ta’kidlagan.

Jon Magufuli 61 yoshida vafot etdi. Avvalroq Tanzaniya muxolifati rahbari Tundu Lissu prezidentning koronavirus bilan kasallangani va qo‘shni davlat Keniyada kasalxonaga yotqizilgani haqida aytgandi.

Ammo prezident o‘limining rasmiy sababi sifatida yurak bilan bog‘liq muammolari keltirildi. «Prezident Jon Magufuli 10 yildan beri azob chekib kelayotgan yurak xastaligi tufayli vafot etdi», — deyiladi Samiya Suluxaning bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi