16:20 / 20.03.2021
1 749

Rossiyada egasidan qochib ketgan ayiq ko‘chadagi yo‘lovchilarni quvlashga tushdi

Rossiyada egasidan qochib ketgan ayiq ko‘chadagi yo‘lovchilarni quvlashga tushdi
Foto: Esquire
Piyodalar yo‘lagidan yurib kelayotgan kishining ortidan chopgan ayiq videosi ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Video davomida hayvonning avtobus kelayotgan yo‘lga yugurib chiqqanini ko‘rish mumkin.

Harakatlanayotgan transport vositasi hayvonni urmagan, ayiq tirik qolgan.

Ma’lum qilinishicha, taxminan 1-2 yosh bo‘lgan ayiq egasi — mehmonxona hududidagi volerda hayvonni onasi bilan birga saqlaydigan mahalliy tadbirkordan qochib ketgan.

Avtobusga duch kelganidan qo‘rqib ketgan ayiq korxona hududiga yashirinib olgan. Qo‘lga olingan hayvonga uxlatadigan dori berilgan. Egasi uning taqdiriga befarq bo‘lgani sababli politsiya xodimlari hayvon uchun yangi uy qidirmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada egasidan qochib ketgan ayiq ko‘chadagi yo‘lovchilarni quvlashga tushdi