13:00 / 23.05.2021
2 194

Anjelina Joli asalarilar qirilib ketayotganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi (foto, video)


Foto: Hello
45 yoshli Gollivud aktrisasi Anjelina Joli National Geographic jurnali uchun suratga tushdi. Xalqaro arilar kuni munosabati bilan nashr arilarning yo‘q bo‘lib ketish muammosiga noodatiy tarzda e’tibor qaratishga qaror qilgan.

Buni amalga oshirishda fotograf Den Uinsters yordam bergan. Arilarni jalb qilish uchun aktrisaning tanasiga maxsus feromonlar surtilgan. Fotosessiya uchun Richard Avedon tomonidan 1981 yilda suratga olingan kaliforniyalik asalarichi portretidan ilhomlanilgan. Suratchi Den Uinstersning ta’kidlashicha, suratga olish jarayonida aktrisaga zarar yetmasligi uchun asalarilarni ortiqcha qo‘zg‘atmaslikka harakat qilingan. Shu sabab ham suratga olish maydonchasi qorong‘i va tinch bo‘lgan.

Jurnalda yozilishicha, so‘nggi 10 yil davomida arilar populyatsiyasi sezilarli darajada qisqargan. National Geographic, shuningdek, Joli qo‘llab-quvvatlayotgan YUNЕSKO tashabbusi haqida ham ma’lumot bergan.

Foto: Hello

Foto: Hello
Unda qayd qilinishicha, tashkilot 2025 yilga qadar 2,5 ming arixona qurish hamda arilar populyatsiyasini 120 milliontaga ko‘paytirishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli asalarilar qirilib ketayotganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi (foto, video)