Foto: AKIpress
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev zudlik bilan shifoxonaga yotqizilishi lozim. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma’lum qildi, deb xabar berdi 24.kg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev infarktoldi holatida, shuningdek, eski kasalliklari qo‘zg‘agan. Xususan, bel qismidagi og‘riqlar kuchaygan. Ammo bir oy avval tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi hali yakunlangani yo‘q.
Advokatning aytishicha, sudga 148 sahifadan iborat kasallik tarixi nusxasi taqdim etilgan.
"Almazbek Atamboyev kompleks davolanishga muhtoj. U koloniya sharoitida davolana olmaydi. Biz jazoning uy qamog‘iga o‘zgartirilishi yuzasidan bir necha marta so‘rov kiritdik. Ammo bizga rad javobini berishdi", - dedi Zamir Jooshev.
Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyevga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sobiq prezident yanvarda tergov izolyatoridan koloniyaga o‘tkazilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda