date

Microsoft’ning yangi AI tizimi shifokorlardan 4 baravar aniq natija ko'rsatdi

Microsoft’ning yangi AI tizimi shifokorlardan 4 baravar aniq natija ko'rsatdi
Microsoft ilmiy jamoasi o‘zining so‘nggi tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb Rozetked xabar berdi. Yangi ishlab chiqilgan MAI Diagnostic Orchestrator (MAI-DxO) tizimi sun’iy intellektga asoslangan bo‘lib, ChatGPT, Gemini, Claude va Grok kabi bir nechta modellarni birlashtiradi. Bu tizim go‘yoki bir nechta mutaxassis shifokorlar birgalikda ishlayotgandek holatni simulyatsiya qiladi.

Natijalarga ko‘ra, MAI-DxO tizimi shifokorlardan to‘rt baravar aniqroq tashxis qo‘ygan — har 5 holatdan 4 tasida to‘g‘ri tashxis aniqlangan, shifokorlar esa atigi 1 tasini topgan. Bundan tashqari, tekshiruv va tahlillarni to‘g‘ri tanlab, umumiy xizmat xarajatini 20% ga kamaytirishga ham erishgan.

Microsoft'ning AI bo‘yicha bosh direktori Mustafo Suleyman bu texnologiyani "tibbiyotdagi superintellekt yo‘lida haqiqiy qadam" deb atadi. Manbaga ko‘ra, kompaniya ushbu vositani Bing tizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

MIT olimi Devid Zontag tizimni hayratlanarli deb atadi, biroq natijalarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini uqtirdi. Uning ta’kidlashicha, tadqiqotda ishtirok etgan shifokorlarga qo‘shimcha vositalardan foydalanmaslik tavsiya etilgan — bu esa teng sharoit yaratmagan. Shuningdek, AI tashxislari real hayotiy tajribaga emas, model asosidagi taxminlarga tayanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft’ning yangi AI tizimi shifokorlardan 4 baravar aniq natija ko'rsatdi