date

Hеshtеg tarixi: @ belgidan global trendgacha

Hеshtеg tarixi: @ belgidan global trendgacha
Internet va ijtimoiy tarmoqlar davrida "hеshtеg" atamasi kundalik so‘zga aylandi. Bir qarashda oddiy # belgisi ortida butunlay yangi kommunikatsiya madaniyati yashiringan. U qanday paydo bo‘ldi? Nega bu belgi jahon miqyosida shunchalik ommalashdi?

Hеshtеg — bu so‘z yoki ibora bo‘lib, uning oldiga # (reshyotka, funt belgisi) qo‘yiladi. Masalan: #musiqalar, #Uzbekistan, #WorldCup. Bu belgi internetda ma’lumotlarni kategoriyalash, guruhlash va oson izlash uchun ishlatiladi.

Hеshtеg tushunchasi ilk bor 2007 yilda paydo bo‘lgan. Twitter (hozirgi X) ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Kris Messina (Chris Messina) 2007 yil 23 avgustda quyidagi tvitni joylashtirgan:

"how do you feel about using # (pound) for groups. As in #barcamp?"

Bu — tarixdagi birinchi hеshtеg hisoblanadi. Messina Twitter rahbariyatiga rasman hеshtеg funksiyasini joriy etishni taklif qilgan, ammo ular bu g‘oyaga shubha bilan qarashgan. Biroq foydalanuvchilar o‘zaro xabar almashuvda hashtagni keng qo‘llay boshlashgan.

Hеshtеg 2009 yilda Twitter'ning rasmiy funksiyasi sifatida joriy etildi. U vaqtdan boshlab:
-. Instagram (2010)
- Facebook (2013)
- TikTok va boshqa tarmoqlarda ham hеshtеglar qo‘llanila boshlandi.

2010 yildagi #IranElection, 2011 yildagi #ArabSpring va 2014 yildagi #BlackLivesMatter kabi ijtimoiy va siyosiy harakatlar hеshtеg orqali global muhokama maydoniga aylandi.

Qiziqarli faktlar:
1. Instagram'dagi eng mashhur hеshtеg — #love, milliardlab postda qo‘llangan.
2. Xitoyda Weibo platformasida hеshtеg # emas, #话题# ko‘rinishida, ya’ni ikki tomondan # bilan o‘ralgan mavzularda ishlatiladi.
3. Twitter har yili eng ko‘p ishlatilgan hеshtеglar bo‘yicha reyting e’lon qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Hеshtеg tarixi: @ belgidan global trendgacha