14:30 / 12.06.2021
1 739

BAA o‘zbekistonlik ayollarni uy xizmatchisi, enaga va oshpaz sifatida ishga olmoqchi

BAA o‘zbekistonlik ayollarni uy xizmatchisi, enaga va oshpaz sifatida ishga olmoqchi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 14—18 iyun kunlari BAAning TadBeer – Alreaya Typing Servic kompaniyasi vakillari uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik sohalarida ishlamoqchi bo‘lgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazishini ma’lum qildi.

Tanlov asosida suhbatdan o‘tmoqchi bo‘lgan ayollar 25-48 yosh oralig‘ida bo‘lishi, uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli bo‘lishi, arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas) talab etiladi.

Qayd etilishicha, barcha xarajatlar, xususan, aviachipta, turar joy, uch mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Oylik maosh esa 400 dollarini tashkil etadi. Tanlov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyatlardagi filiallarida o‘tkaziladi.

Nomzodlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » BAA o‘zbekistonlik ayollarni uy xizmatchisi, enaga va oshpaz sifatida ishga olmoqchi