13:23 / 13.07.2021
2 092

Moskvada markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi


Moskvada “Kuzminki” metro stansiyasi yonida markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvda 50dan 200gacha odam ishtirok etgan. OAVning yozishicha, mojaro o‘zbek va qirg‘iz ishchilari o‘rtasida chiqqan.

“Interfaks” axborot agentligining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, o‘zbek va qirg‘iz mehnat migrantlari o‘rtasida shaxsiy adovat negizida chiqqan mushtlashuv unga ikki tomondan odamlar qo‘shilgach, ommaviy ko‘rinish olib ketgan.

Mushtlashuvni politsiya va Rosgvardiya kuchlari yordamida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Mushtlashuv davomida uning ishtirokchilari yo‘lning qatnov qismiga chiqib, avtomobillar va piyodalar harakatlanishiga xalal bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvning 20ga yaqin eng faol ishtirokchisi qo‘lga olingan. Biroq politsiyada necha kishi hibsga olingani, mushtlashuvda necha kishi ishtirok etganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroda ishtirok etgan bir necha kishi tibbiy yordam so‘ragan. Uch kishi shifoxonaga yetkazilgan, qolganlarga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

“Mushtlashuv ishtirokchilari orasida jarohatlanganlar bor. Bu jarohatlar asosan, sanchib-kesilgan jarohatlar va lat yeyishlardan iborat”, deb ma’lum qilgan manba.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi