Qozog‘istonning Jansugurov nomidagi Jetisu davlat universiteti ilmiy laboratoriyasi xodimlari bioplazmali generator namunasini yaratdi, deya xabar bermoqda «24.kg».
U kichik idishga o‘tqazilgan oddiy kashnichdan elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hozircha uskuna 1 millivolt ishlab chiqarmoqda, biroq mablag‘ ajratilsa, mutaxassislar uning quvvatini oshirmoqchi.
Ixtirochilar ta’kidlashicha, elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun har qanday biologik xomashyodan foydalanish mumkin. Energiya jonsiz moddada ham mavjud bo‘lganligi uchun, uni o‘simliklar, ko‘pyillik o‘tlar va hatto yog‘ochdan ham olish mumkin.
Universitet prorektori Lazzat Erkinboyeva so‘zlariga ko‘ra, bunday texnologiyaning dunyoda o‘xshashi yo‘qdir. Agar 250 gektarlik maydonga modulli fitoelektr stansiyasi o‘rnatilsa, 5 ming aholiga ega qishloqni energiya bilan ta’minlash mumkin.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi