date

Timoti Vea: Liga 1 dunyoning eng yaxshi ligasi


Marsel va AQSh terma jamoasi futbolchisi Timoti Vea Fransiya chempionatining darajasini yuqori baholadi. Uning fikricha, bu dunyoning eng yaxshi klublar chempionati.

"Liga 1 dunyoning eng yaxshi ligasi. Bu turnirda eng ko'p iste'dodlar yig'ilgan.

Uning o‘yinlarini tomosha qilish hayajonli. Haqiqiy futbol shu yerda.

Chempionlik uchun kurash yuqori darajada – buni ko‘rish juda yoqimli", – dedi Vea Get French Football News nashriga bergan intervyusida. "Men bu yerda bo'lganimdan juda baxtiyorman.

Futbolni yaxshi ko'raman, har hafta o'ynashni yoqtiraman. "Lans"ga qarshi maydonga tushganimda muxlislarning energiyasi ajoyib edi.

"Nitssa"ga qarshi o'yin ham shunday, garchi ular hozir eng yaxshi davrlarini boshdan kechirmayotgan bo'lsa ham. Fransiya – yulduzlar yetishib chiqadigan joy.

Yulduz bo‘lish uchun bu yerda o‘tish kerak. Kilian Mbappe, Usmon Dembele yoki Pol Pogbaga qarang – u "Avr"dan kelib, tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylandi." Timoti Vea PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U "Seltik", "Lill" hamda "Yuventus" jamoalarida ham to‘p surgan. Uning otasi Jorj Vea Liberiya terma jamoasi o‘yinchisi bo‘lgan va 1995-yilda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Timoti Vea: Liga 1 dunyoning eng yaxshi ligasi