date

Prezident Gulistondagi fojea qurbonlari oila a'zolariga yordam ajratdi

Prezident Gulistondagi fojea qurbonlari oila a'zolariga yordam ajratdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida Gulistonda gaz balloni portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi va ularga moddiy yordam ko‘rsatishni topshirdi. Har bir oilaga 100 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi va ushbu mablag‘lar uch kun ichida yetkazilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni Gulistonda gaz balloni portlashi sodir bo‘lgan edi. Hodisa natijasida 29 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari halok bo‘lgan.

Mazkur voqea yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bir kishi qo‘lga olingan. 4 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrifi davomida portlashdan zarar ko‘rganlarni shaxsan borib ko‘rgani haqida xabar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Gulistondagi fojea qurbonlari oila a'zolariga yordam ajratdi