
Moskva sudi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga ustuvorlik berilgan e’lonlarni taqiqlash qarorini qabul qildi. Bu haqda "RIA Novosti" axborot agentligi xabar berdi.
Prokuratura internetda O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus shartlar taklif qilingan va Qirg‘iziston fuqaroligi talab qilingan ish e’lonlarini aniqladi. Sud ish izlovchilarni milliy kelib chiqishiga ko‘ra kamsitish mumkin emasligini eslatib, bir qancha veb-saytlarda joylashtirilgan bu ma’lumotlarni noqonuniy deb topdi.
Hozirda ushbu sahifalarga kirish foydalanuvchilar uchun cheklangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyaga 1,8 milliondan ortiq o‘zbekistonlik kirib kelgan, ularning aksariyati mehnat migratsiyasi maqsadida bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.