
Real Madrid hujumchisi Vinisius Juniorni mehmon stadionlarda har doim "issiq" kutib olishadi. Chorshanba kuni Bilbao shahridagi "San-Mames" stadionida ham vaziyat o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'lim davomida braziliyalik futbolchi mahalliy muxlislarga javob qaytarib, ularga uch barmog'ini ko'rsatdi. Aftidan, Vinisius bu orqali o'yin hisobini – 0:3ni nazarda tutgan.
Mazkur hisob o'yinning yakuniy natijasiga aylandi. "Real" La Ligada uchta durangdan keyin yana g'alaba yo'liga qaytdi.
Xabi Alonso jamoasi hozirda peshqadam "Barselona"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda. "Real Madrid" o'zining navbatdagi uchrashuvini 7 dekabr, yakshanba kuni "Selta"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.