Xitoyda tug‘ilish sonini oshirish uchun yangi chora qo‘llanadi

Xitoy hukumati o‘zining tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi chora sifatida kontraseptiv vositalarga 13% soliq joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Bundan oldin, 1993-yildan boshlab Xitoyda amalda bo‘lgan “bir oila — bir bola” siyosati sababli kontraseptiv vositalar barcha soliqlardan ozod qilingan edi. Biroq, so‘nggi yillarda Xitoyda aholi sonining ketma-ket uch yil davomida qisqarishi kuzatilmoqda. 2024-yilda mamlakatda faqat 9,54 million chaqaloq tug‘ilgan, bu esa bir necha yil avval “bir oila — bir bola” siyosati bekor qilinganida qayd etilgan 18,8 million tug‘ilishning yarmiga ham yetmaydi.
Hukumat o‘zining tug‘ilish darajasini oshirish va ijtimoiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ota-onalar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yilgan soliqlarni bekor qilishga qaror qilgan. Bu chora, Xitoyning aholi sonini barqarorlashtirish va o‘sish sur’atlarini qayta tiklashga qaratilgan harakatlar qatoridan o‘rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!