«Tolibon» tomonidan tuzilgan Afg‘oniston hukumatining Bosh vaziri o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Kabir Kobulning Anqaraning yordamiga muhtojligini aytdi. Bu haqda «Tolibon» vakili Turkiyaning Kobuldagi elchisi Jihod Erginay bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
Abdul Kabirning so‘zlariga ko‘ra, Kobul Anqaradan Afg‘oniston iqtisodiyotiga faol sarmoya kiritishini kutmoqda. “Mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq yillardan buyon do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan va bu quvonarli. Turkiya muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligining (TİKA) Afg‘onistondagi faoliyatini yuqori baholaymiz”, degan u.
Abdul Kabir Afg‘onistondagi ayollar ahvoliga ham e’tibor qaratib, afg‘on ayollari ko‘plab sohalarda ishlashda davom etayotganligi va qizlar 2022-o‘quv yilidanoq maktabda o‘qishga kirishishini bildirgan.
Turk diplomati, o‘z navbatida, Anqara Turk Qizil yarim oy jamiyati va turli nodavlat tashkilotlari orqali Afg‘onistondagi muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatayotganini eslatgan.
Elchi TİKAning Afg‘onistondagi faoliyati haqida ham ma’lumot berib, Turkiyaning Qishloq xo‘jaligi vazirligini urug‘lik bug‘doy bilan ta’minlaganligini eslatdi. «Turk ishbilarmonlari Afg‘onistonga sarmoya kiritmoqchi va bir guruh tadbirkorlar yaqin haftalarda Kobulga kelishi rejalashtirilgan», — degan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi