Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
Men Vodnikov kasalxonasi bosh vrachi Alla Pavlovna Malitskaya bilan suhbatimni eslab qolganman. Dastlab u menga kasalxonada yo‘q narsalar haqida, uch haftadan keyin dializ uchun sarf materiallari va boshqa narsalar tugashi haqida uzoq gapirdi. Keyin uning yoniga istilo ma’murlari kelib unga qandaydir yordam kerakligi bilan qiziqqanini aytdi. U: «Bizning hech narsaga ehtiyojimiz yo‘q», — deb javob bergan. Undan nima uchun bunday deganini so‘radim. U aytdiki, Ukraina jinoyat kodeksida istilochilar bilan birga ishlaganlik, hamkorlik qilganlik uchun modda bor ekan. «Agar shunday modda bo‘lmaganida, olarmidingiz?» — deb so‘radim. U baribir olmagan bo‘lishini aytdi.
Sababi bilan qiziqdim. Aytishicha, uning oilasi Qrimdagi bir qishloqdan ekan. Juda qadimiy, juda ukraincha bir qishloq ekan. U Xersonda yashab, kasalxonaga rahbarlik qilgan, ota-onasi esa Qrimda yashayvergan. Istilodan keyin otasi vafot etgan, u esa onasining yelkasiga moliyaviy yuk tushmasligi uchun Xersondan qabr toshi buyurtma qilgan. Qabr toshini u bir necha marta chegaradan olib o‘tishga uringan. Ya’ni Ukraina nazorati ostidagi hududdan Rossiya nazorati ostidagi hududga, Qrimga. Har safar bu yodgorlik uchun rad javobi olgan. Goh ruxsatnoma talab qilishgan, goh 3,5 ming dollar yoki yevro so‘rashgan. Har safar u bu qabr toshi bilan Xersonga qaytib kelavergan. Oxir-oqibat, onasi ham vafot etgach, uni endi Xersonga, otasidan alohida joyga dafn qilgan. Endi esa uning shahri ham istilo ostida qoldi. Bu hikoya menga qattiq ta’sir qildi.
Tropinix nomidagi kasalxona bosh shifokori rossiyalik harbiylar kelib, goh u, goh bu narsani so‘ragani va kasalxonada osilib turgan Ukraina bayrog‘ini olib tashlashni talab qilganini aytib bergandi. Keksa yoshdagi bosh shifokor bayroqni tushirmasligini aytgan. Ular kechqurun qaytib kelishini, shungacha bayroq bo‘lmasligi kerakligini tayinlagan. Siz nima qildingiz, deb so‘radim undan. U esa tinch va xotirjam holatda dedi: «Hech narsa qilmadim. Ko‘rdingiz-ku: bayroq osilib turibdi — ular qaytib kelmadi». Mana shu xotirjamlik — buni hatto mardlik deb ham bo‘lmaydi, — balki shunchaki xotirjam turib o‘zini, «o‘ziniki»ni himoya qilish juda hayratda qoldiradi, albatta.
Davomi bor...
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari