
Xitoyning yirik texnogiganti Alibaba Group 27-noyabr kuni o‘zining sun’iy intellektga ega ilk aqlli ko‘zoynagi — Quark AI Glasses’ni namoyish etdi. South China Morning Post yozishicha, ko‘zoynak ikki modeldan iborat: funksiyalari kengroq S1 va yengil G1.
Alibaba vitse-prezidenti Vu Jianing so‘zlariga ko‘ra, aqlli ko‘zoynaklar “odam va kompyuter o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga ko‘tara oladigan qurilma”, shuning uchun uning ahamiyati smartfonlardan kam emas.
S1 modeli 3799 yuan (537 dollar)dan sotiladi va Snapdragon AR1 protsessori, real-time tarjima, to‘lov, navigatsiya va interaktiv yordamchi funksiyalariga ega. 1899 yuanlik (268 dollar) G1 esa ancha yengil va asosiy funksiyalarni saqlagan.
Yangi Quark AI Glasses Meta’ning Ray-Ban Display ko‘zoynaklari, shuningdek, Rokid va Xiaomi qurilmalariga yangi raqobatchi bo‘ladi. Meta ko‘zoynaklari rangli displeyga ega bo‘lsa, Alibaba modeli monoxrom yashil ekran bilan ishlaydi.
Qurilma hozircha faqat Xitoyda sotuvga chiqarilgan. Xorijiy bozorga chiqarish rejalari haqida ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.