date

Centrum Air Yevropaga reyslar ochadi

Centrum Air Yevropaga reyslar ochadi
Centrum Air kompaniyasi o'zining ilk Yevropa yo'nalishlarini e'lon qildi. 2026 yil bahoridan boshlab aviakompaniya Frankfurt va Kopengagen shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

2026 yil 30 martdan Toshkent—Frankfurt—Toshkent yo'nalishida to'g'ridan-to'g'ri reyslar ochiladi. Ertasi kuni, 31 martdan esa Toshkent—Kopengagen—Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvozlar yo'lga qo'yiladi.

Parvozlar zamonaviy Airbus A321neo samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Kelajakda kompaniya Manchester, Madrid, Barselona va Rimga ham yo'nalishlar ochishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Centrum Air Yevropaga reyslar ochadi