
Avstrailiyaning Yangi Janubiy Uelsidagi Kaylis-Bich sohilida akula to‘satdan ayol va yonidagi yosh yigitga hujum qildi. BBC yozishicha, 20 yoshli ayol voqea joyida halok bo‘lgan, 20 yoshlardagi erkak esa og‘ir ahvolda vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan. Guvohlardan biri uning oyog‘iga jgut qo‘yib, hayotini saqlab qolishga yordam bergani aytilmoqda.
Mutahassislar hujum “katta buqa akulasi” tomonidan amalga oshirilganini taxmin qilmoqda — bu tur dunyodagi inson uchun eng xavfli akulalardan biri hisoblanadi. Fojeadan keyin plyaj yopildi, xavfsizlik uchun maxsus “oqilona” ilgaklar o‘rnatildi.
Surf Life Saving NSW rahbari Stiv Pirs voqeadan qattiq afsusda ekanini bildirib, aholidan yaqin qishloqlar atrofida suvga tushmaslikni so‘radi. Bu Avstraliyada 2025-yilda qayd etilgan beshinchi akula hujumi bo‘lib, shunga o‘xshash holat oxirgi marta uch oy oldin Sidneyda sodir bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.