date

Jahon kubogidagi ulkan mukofotlar egalari ma’lum bo‘ldi

Jahon kubogidagi ulkan mukofotlar egalari ma’lum bo‘ldi

Jahon kubogi–2025 yuqori darajadagi final bilan yakunlandi va shaxmat olami yana bir tarixiy lahzani kuzatdi. O‘zbekistonning yosh yulduzi Javohir Sindarov hal qiluvchi bahsda Xitoy vakili Vey Yiga qarshi g‘alaba qozonib, musobaqaning mutlaq chempioni sifatida tarixga daxldor bo‘ldi.

Final nafaqat dovrug‘li unvon, balki yirik mukofot jamg‘armasi bilan ham e’tibor markazida bo‘ldi. Qo‘lga kiritilgan mablag‘lar haqida quyida batafsil:

Javohir Sindarov — 120 ming dollar. Chempionlik unvoni bilan birga u musobaqaning eng katta mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba nafaqat shaxsiy yutuq, balki O‘zbekiston shaxmat maktabining kuchini yana bir bor namoyon etdi.

Vey Yi — 85 ming dollar. Finalgacha mardona harakat qilgan xitoylik grossmeyster ikkinchi o‘rinni egallab, yirik mukofot bilan taqdirlandi.

Andrey Esipenko — 60 ming dollar. 3-o‘rin sohibining barqaror o‘yini va turnir davomidagi yuqori natijalari unga kuchli uchlikda joy olish imkonini berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston shaxmat maktabining yana bir nomdor vakili Nodirbek Yakubbayev ham munosib ishtirok etdi. U jiddiy raqobat fonida 4-o‘rinni egallab, 50 ming dollarlik mukofot bilan Vatanga qaytmoqda.

Jahon kubogining bu yilgi natijalari O‘zbekiston shaxmatining xalqaro sahnadagi nufuzi yanada o‘sib borayotganini ko‘rsatdi. Muxlislar nomidan aytiladigan bitta so‘z bor: yoshlarimizga omad yo‘ldosh bo‘lsin, keyingi musobaqalarda ham shunday baland cho‘qqilar zabt etilsin!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon kubogidagi ulkan mukofotlar egalari ma’lum bo‘ldi