
Samarqandda CITES CoP20 doirasida "Samarqand-2025" IV Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi. Tadbir ekologik madaniyatni targ‘ib qilish, xalqaro ijodiy hamkorlikni rivojlantirish va shahar makonini tabiiy san’at orqali yaxshilashga qaratilgan.
Joriy yilda simpoziumda ishtirok etish uchun 73 mamlakatning 150 nafar haykaltaroshidan 300 dan ortiq eskizlar taqdim etildi. Shundan 17 ta asar tanlab olindi.
Ummon, Eron, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Yaponiya va O‘zbekistondan kelgan 20 ga yaqin ustalar marmar haykallar yaratmoqda. Ushbu haykallar keyinchalik Samarqand va Toshkent bog‘lariga o‘rnatiladi.
Ishtirokchilar uchun "Jannat makon" bog‘ida ustaxonalar va ish uchun zarur sharoitlar tashkil etilgan. 7 dekabrga qadar Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti "Ipak yo‘li" hamda Samarqand Turizm akademiyasida uchrashuvlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
CoP20 tadbir ishtirokchilari ham simpoziumni va nodir o‘simlik va hayvonot turlariga bag‘ishlangan asarlar ko‘rgazmasini tomosha qilishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.