Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Men o‘z qahramonlarim bilan aloqada bo‘lib turaman. Ularning barchasi tirik. Qahramonlarimdan biri — Rossiya armiyasi tomonidan faol ravishda qidirilgan xersonlik jurnalist Konstantin Rijenko biroz vaqtga yo‘qolib qolgandi. Hamma dahshatga tushib qo‘rqqandi, ammo hozir u qaytib kelgan, o‘zi aloqaga chiqdi. Albatta, messenjerlar orqali tafsilotlarni so‘rab bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da, u tirikligidan juda xursandman.
Men rossiyalik askarlar bilan bevosita muloqot qilmaganman, ammo Xersondagi odamlar ular bilan gaplashayotganini eshitganman, ular viloyat kengashidagi askarlar oldiga borib, ularga gumanitar yordam, dorilar, Qrimga ketish masalalarida murojaat qilardi. Odamlar kelib, savollar berganiga guvoh bo‘lganman. Bir qiz ulardan istilochi sifatida o‘zlarini qanday his qilishayotgani haqida so‘radi. Mening yoshimdagi bir harbiy erkak unga: «Lekin biz sizlarga hech qanday yomonlik qilmayapmiz-ku?» — deb javob berdi. Qiz: «Lekin bu yerga kelishda bizning qarshilik ko‘rsatib, sizlar bilan jang qilgan odamlarimizni o‘ldirgansiz-ku?» — dedi. U esa: «Men hech kimni o‘ldirmaganim aniq», — dedi. Qiz undan buni qayerdan bilasiz, deb so‘radi, u esa: «Buni ich-ichimdan his qilaman», — deb javob qildi.
Ikki qizi halok bo‘lib, ularni dafn qilmoqchi bo‘lib turgan bir ota bilan gaplashsam, unda g‘am-qayg‘u va qo‘rquvdan boshqa his-tuyg‘ularga joy bo‘lmasligi tushunarli. Agar harbiy xizmatga chaqirilgan va navbatda turib, voyenkomatga muvaffaqiyatli yozilgan; hali urushda bo‘lib ko‘rmagan, ya’ni jang qilmagan, ammo ertaga urushga ketib jang qiladigan 20 yoshli yigitcha bilan gaplashsam, u o‘zini botir qilib ko‘rsatadi, quvonadi, bundan faxrlanadi va albatta, qo‘rquvni ham his qiladi. Urushda qandaydir, hamma uchun umumiy bo‘lgan hissiyot bo‘lmaydi, qandaydir umumiy fon yo‘q.
Takror aytaman, sizning har bir tanlovingiz noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin. Hech narsani oldindan aniq ayta olmaysiz, lekin ayni paytda yaqinlaringizni sevishda, ular haqida qayg‘urishda davom etasiz.
Shahardan evakuatsiya qilishga urinish yoki shaharda qolish masalasi ko‘tarilganida, bu juda og‘riqli savol bo‘lib, turli odamlar buni o‘zi uchun to‘g‘ri yecha olmaydi.
Hali bu bosqichga guvoh bo‘lganim yo‘q, lekin Donbass misolida bilamanki, biroz vaqtdan keyin aldamchi xavfsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Urushda bir, ikki, uch oy o‘tib, siz esa tirik qolsangiz, dangasalikka o‘xshagan hissiyot kelib chiqadi, xuddiki siz kuchni tejash rejimiga o‘tasiz. Masalan, havo trevogasi boshlanganida yerto‘laga tushmay qo‘yasiz. Bilishim bo‘yicha, oddiy fuqarolar o‘limlari soni odatda aynan urushning ikkinchi yoki uchinchi oyida oshadi, chunki odamlar qo‘rqishdan va har bitta harakati bilan hayotini saqlab qolishga urinishdan shunchalik charchaydiki, bunga intilmay qo‘yadi va halok bo‘la boshlaydi.
Davomi bor...
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi