Foto: The Voice Mag
Ko‘pchilik qandolat mahsulotlari va pishiriqlarda margarin-u, trans yog‘lardan voz kechib, ular orasida sariyog‘ga o‘xshash mahsulotlarni foydali deb bilishadi. Aslida, pishirish jarayonida sariyog‘ning foydasi yo‘qolib ketadi, deb yozmoqda The Voice Mag nashri.
Sariyog‘ni panatseya deb hisoblashga odatlanganmiz va pishirilgan mahsulotlarning yoqimsiz ta’mi yoki tuzilishi uchun uning tarkibidagi margarin aybdor sanalgan.
Darhaqiqat, sariyog‘ bilan tayyorlangan pechene, bulochka va boshqa mazali mahsulotlar organizm uchun xavfsizroq emas. Faqatgina shakar va kaloriyalarning yuqori miqdori yagona zararli omil hisoblanmaydi. Sariyog‘da ko‘p miqdorda to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular qonda xolesterin darajasining ortishiga sabab bo‘ladi va yurak xastaligi xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, yana bir muhim nyuans bor: sariyog‘dan foydalanish haroratining chegarasi 120 °C, xamir ovqatlar esa t~180–200 °C da tayyorlanadi. Bu haroratda yog‘ kanserogenga aylana boshlaydi.
Biroq bu sariyog‘ qo‘shib tayyorlangan pishiriqlarni diyetadan butunlay chiqarib tashlash kerak, degani emas. Albatta, sovuq holda iste’mol qilingan sariyog‘ foydalidir: uning tarkibida organizm salomatligi uchun muhim bo‘lgan A, D, E va K vitaminlari mavjud. Ammo buning siri — mahsulotni me’yor bilan tanovul qilishdir. Hech kim haftaning so‘ngida tongni hozirgina pechdan chiqqan mazali kruasan bilan boshlashni taqiqlamaydi. Aksincha, har kuni ertalab bu odat tusiga kirmasligi muhimdir.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi