Har kuni saqich chaynash tanangizga kutilmagan ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb Zamin.uz xabar berdi. Bu oddiy ko‘rinadigan odatning foydali hamda salbiy jihatlari mavjud. Quyida ularga alohida to‘xtalamiz.
Saqich chaynash og‘izda shilliq modda ishlab chiqarilishini ko‘paytirib, og‘iz qutisi gigiyenasi va hazm tizimi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U kislotalarni neytrallashtirib, tishlarni kariyesdan muhofaza qiladi. Ayniqsa, shakarsiz saqichlar bu borada foydalidir.
Miya faolligiga kelsak, tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, saqich chaynash qon aylanishini yaxshilab, diqqat va xotirani oshiradi. Stressni kamaytirish, uyquni nazorat qilishda ham ijobiy ta’sir qiladi.
Biroq, har kuni va uzoq muddatli chaynash ba’zi muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, jag‘ bo‘g‘imlari zo‘riqishi, tishlarda og‘riq, oshqozon kislotaligi oshishi, gastrit, meteorizm kabi muammolar kelib chiqishi ehtimoldan holi emas.
Shakarli saqich esa tish emaliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ortiqcha kaloriya manbai bo‘ladi. Shu sabab, shifokorlar shakarsiz, ksilitolli saqichlarni tanlashni tavsiya qilishadi.
Xulosa: me’yorga amal qilinsa, saqich chaynash foydali bo‘lishi mumkin. Ammo uni suiiste’mol qilish salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!