date

Wi-Fi router quvvatsiz ishlayaptimi? Bu buyumlarni undan uzoqroq qo‘ying!

Wi-Fi router quvvatsiz ishlayaptimi? Bu buyumlarni undan uzoqroq qo‘ying!

Hozirgi kunda uyda internet aloqasini ta’minlashda Wi-Fi routerlar asosiy vositaga aylangan. Biroq, ko‘pchilik routerning to‘g‘ri ishlashini ta’minlashda ayrim narsalar qanday ta’sir qilishini bilmaydi. Ushbu maqolada, Wi-Fi router atrofiga qo‘yish tavsiya etilmaydigan buyumlar haqida ma’lumot beramiz.

1. Mikrovolnovka

Mikroto‘lqinli pechlar Wi-Fi tarmoqlari kabi 2.4 GGs chastotada ishlaydi. U ishlayotgan paytda kuchli elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lib, Wi-Fi signalini jiddiy ravishda buzishi mumkin. Shuning uchun routerni mikrovolnovka yaqiniga qo‘ymang.

2. Oynalar

Oynalar ham Wi-Fi aloqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sababi, oyna metall qatlamga ega bo‘lishi yoki nurlarni aks ettirishi orqali signalni tarqatib yuborishi, uning barqarorligini pasaytiradi.

3. Kolonkalar

Agar sizda kuchaytirgichi bor audio kolonkalar bo‘lsa, ular elektromagnit shovqin chiqarishi mumkin. Bu shovqin Wi-Fi signalini buzadi va internetda kechikishlarga sabab bo‘ladi.

4. Akvariumlar

Akvariumdagi suv — undagi tuz va boshqa moddalar tufayli — Wi-Fi to‘lqinlarini so‘rib oladi yoki qaytarib yuboradi. Bundan tashqari, akvariumdan chiqayotgan namlik router uchun xavfli: qurilmada qisqa tutashuv yoki yong‘in ham yuzaga kelishi mumkin.

5. Qalin kitoblar

Kitoblar, ayniqsa qalin muqovalilari, Wi-Fi to‘lqinlarini yutib yuborishi mumkin. Agar routeringiz devor yoki kitob javoni ortida bo‘lsa, signal barqarorligini sezilarli darajada yo‘qotasiz.

6. Energiya tejaydigan lampalar

Bunday lampalar foydalanishda radioto‘lqin shovqinlarini chiqaradi. Bu shovqinlar Wi-Fi routerning to‘g‘ri ishlashiga xalal beradi.

7. Muzlatgichlar

Muzlatgichlar kabi katta maishiy texnika vositalari ham elektromagnit to‘lqinlar tarqatadi. Agar routerni ularning yaqiniga joylashtirsangiz, internetingiz tez-tez uzilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Wi-Fi router quvvatsiz ishlayaptimi? Bu buyumlarni undan uzoqroq qo‘ying!