18:10 / 15.06.2023
139

Agar uyqu yordam bermasa, charchoq bilan qanday kurashish kerak?

Agar uyqu yordam bermasa, charchoq bilan qanday kurashish kerak?
Foto: The Voice Mag
 Odatdagi ish kuni oldidan ko‘pincha negadir o‘zingizni xafaxon his qilasiz. Aftidan, me’yorda uxlaysiz, stress darajasi ham yuqori emas charchoq esa yo‘qolmaydi. Nima uchun bu sodir bo‘ladi, shunday holatlarda nima qilish kerak?
 
Doimiy ravishda o‘zini namoyon qiladigan charchoq — surunkali charchoq sindromining (SCHS) alomati bo‘lishi mumkin. Hayotning tinch ritmi va uzoq uyqu bilan undan xalos bo‘la olmaysiz. Vaqt o‘tishi bilan u sizning kundalik hayotingizga aralasha boshlaydi, rejalaringizni o‘zgartirishga va uchrashuvlarni bekor qilishga majbur qiladi.
 
Bunday tashxis qo‘yish oson emas. Uni yuz foizlik ehtimol bilan ko‘rsatadigan tahlillar yoki testlar yo‘q. Bundan tashqari, fibromialgiya yoki depressiya kabi boshqa kasalliklar ko‘pincha bu sindrom bilan niqoblanadi va odamlarning deyarli 90 foiziga bu tashxis hech qachon qo‘yilmaydi.
 
O‘zingizga quyidagi savollarni bering va agar siz “ha” deb javob bermoqchi bo‘lsangiz, jiddiy shikoyat bilan mutaxassisga bog‘laning.
 
Osuda uyqudan keyin ham charchaganingizni his qilasizmi?
 
Bu SCHSning eng muhim belgilaridan biri: uyqu yengillik keltirmaydi. 8, 10, 12 soat uxlasangiz ham charchoq bilan uyg‘onasiz. Ushbu holatga nima sabab bo‘lishi to‘liq o‘rganilmagan, ammo ba’zi hollarda bunday charchoq virusli infeksiyalardan keyin paydo bo‘ladi. ehtimol, omillarning to‘liq kombinatsiyasi ish ko‘rsatadi: immun tizimining kuchli reaksiyasi, gormonal o‘zgarishlar, miya biokimyosi, biroq buni tasdiqlovchi tadqiqotlar hali mavjud emas.
 
Qanchadan beri charchoqni his qilasiz?
 
Odamlar bu holatni bir yoki ikki haftadan so‘ng sezishadi, ammo tashxis faqat charchoq olti oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida o‘tmaydiganlarga qo‘yiladi. Ertalab turishi qiyin bo‘lganlarning atigi 5 foizi ular orasida bor.
 
Faol harakatlar ahvolingizni yomonlashtiradimi?
 
Ishga borish, stress, hatto, zinapoyaga chiqish shunchalik qiyin bo‘ladiki, tiklanish uchun bir necha soat va  kunlar kerak bo‘ladi. Agar sizda shunga o‘xshash narsa bo‘lsa, shifokorga borishni kechiktirmang.
 
Og‘riq bormi?
 
Migren, mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, shuningdek, tomoq og‘rig‘i bilan bog‘liq alomatlar bo‘lishi mumkin. Agar sizga revmatoid artrit yoki fibromialgiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, ammo dorilar yordam bermasa, bu surunkali charchoq sindromi masalasini ko‘tarish vaqti kelganini anglatadi.
 
Miya yaxshi ishlaydimi?
 
Agar siz o‘ylash sekinlashganini, nima yozilganini tushunish qiyinroq ekanligini, xotirangiz yomonlashganini yoki boshingizda “tuman” paydo bo‘lganini sezsangiz, shifokorlar yordami bilan bu borada nimadir qilish vaqti keldi. Ehtimol, charchoqqa depressiya bilan qo‘shilib kelgan barcha “mehmonlarni” bir vaqtning o‘zida haydab yuborishning ayni vaqti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Agar uyqu yordam bermasa, charchoq bilan qanday kurashish kerak?