Kataloniyaning mashhur "Barselona" klubi o‘z markaziy himoyachisi Ronald Arauxo kelajagi borasida aniq qarorga keldi, deb yozadi transfernewslive.com. Jurnalist Santi Ovalega tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati ushbu yozda urugvaylik futbolchini sotish niyatida emas va uni jamoada saqlab qolishni ustuvor vazifa deb bilishmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Arauxo "Barsa"ning asosiy tayanch figuralaridan biri sifatida ko‘riladi va klubning keyingi mavsumdagi muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. 2031 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma ham futbolchining klubdagi kelajagi mustahkam ekanini tasdiqlaydi.
Ayni paytda, Arauxo "Barselona" safida 175 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan jamoa muxlislarini quvontirgan. OAVda uni Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bilan bog‘lashgan edi, ammo bu transfer amalga oshmaydigan bo‘lib turibdi.
Rahbariyat yozgi transferlar jarayonida jamoa himoya chizig‘ini saqlab qolish va mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda. Arauxo esa aynan shu maqsadda asosiy tayanch futbolchi sifatida qaralayotgani, uning jamoada qolishi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi.
"Barselona" muxlislari esa himoyadagi barqarorlik va Arauxo kabi tajribali futbolchining jamoada qolishini katta ishonch va qoniqish bilan kutib olyapti. Yangi mavsumda bu qaror jamoaga qanday natija olib kelishi barchani qiziqtirmoqda.
"Barselona" Arauxoni saqlab qolishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar