date

Lamin Yamalning mahoratiga Kubarsi qanday ta’rif berdi?

Lamin Yamalning mahoratiga Kubarsi qanday ta’rif berdi?

“Barselona”ning yosh va iqtidorli markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klubdagi jamoadoshi Lamin Yamal haqida o‘z taassurotlarini ochiq bildirdi. Kubarsi fikricha, Yamal har qanday bellashuvda to‘p bilan istalgan ishni amalga oshiradi va uning texnikasi haqiqiy ajoyiblik namunasidir.

“U maydonda mahalladagi bolalar kabi o‘zini erkin his qiladi. Bironta mashg‘ulot yoki o‘yinda uni to‘xtatish, xuddi universitetga kirish uchun imtihon topshirishdek og‘ir. Chunki Lamin o‘z oldiga maqsad qo‘ysa, sening barcha harakatlaringga qaramay, har qanday yo‘l bilan sendan o‘tib ketishi mumkin”, — deya qayd etdi ispaniyalik fulbek.

Ma’lumki, Lamin Yamal 2023 yildan buyon “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surib kelmoqda va bu qisqa vaqt ichida 106 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 34 ta golli pas bilan muxlislarni xursand etdi. Yaqinda u klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi va yangi mavsumdan boshlab 10-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Yamalning o‘yindagi erkinligi, improvizatsiyasi va maydondagi jasorati “Barselona” muxlislari uchun yangi umid va katta ishonch bag‘ishlamoqda. Uni klub kelajagi sifatida ko‘rayotganlar ko‘p. Yangi mavsumda u yana qanday natijalar ko‘rsatishi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamalning mahoratiga Kubarsi qanday ta’rif berdi?