22:39 / 14.10.2024
49

Tadqiqot: qahva insult xavfini oshiradi, choy esa kamaytiradi

Tadqiqot: qahva insult xavfini oshiradi, choy esa kamaytiradi
Foto: Shutterstock
Insultni rivojlantiruvchi omillarni o‘rganadigan Interstroke xalqaro loyihasi qariyb 27 ming kishi ishtirokidagi so‘nggi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ishtirokchilarning yarmi birinchi marta insultni boshdan kechirganlar bo‘ldi.

Tadqiqotda 27 mamlakatdan 61—63 yosh oralig‘ida bo‘lgan turli jinsdagi 26 952 kishi ishtirok etdi. Ularning 59 foizi erkaklar. Barcha ishtirokchilar kasallik tarixi, turmush tarzi va har kuni iste’mol qiladigan ichimliklari haqida anketa to‘ldirdi.

Ishtirokchilarning gazlangan ichimlik va meva sharbatlarini iste’mol qilishiga qaratilgan tadqiqot quyidagilarni ko‘rsatdi:
  • Gazli ichimliklar, jumladan shakar yoki sun’iy shirinlashtirgich qo‘shilgan ichimliklar insult xavfini 22 foizga oshiradi;
  • Gazli ichimliklar va insult ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlik Sharqiy/Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Amerikada yuqori;
  • Tadqiqotga ko‘ra, meva sharbati sifatida sotiladigan ko‘plab mahsulotlar kontsentratlardan tayyorlanadi va qo‘shimcha shakar va konservantlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ichimliklar insult ehtimolini 37 foizga oshiradi;
  • Ayollarda meva sharbati/ichimliklari bilan bog‘liq insult ehtimoli yuqori;
  • Kuniga 7 stakandan ko‘proq oddiy suv ichish insult xavfini kamaytiradi.

Bundan tashqari, olimlar kuniga to‘rt chashka qahva iste’mol qilganda insult ehtimoli 37 foizga oshishini aniqladi. Ammo bu faqat ichimlikning o‘ziga emas, balki qon bosimi holatiga va yurak urish tezligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, qahvani kamroq iste’mol qilish insult xavfini tug‘dirmaydi.

Choy esa sog‘lik uchun nafaqat xavfsiz, balki foydali bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, har kuni uch-to‘rt piyola choy ichilsa, choy turiga qarab, insult xavfi 18-29 foizgacha kamayishi mumkin. Eng yaxshi natijaga (29 foiz) erishish uchun olimlar sut qo‘shilmagan qora choyni tavsiya etadi. Shu bilan birga, ko‘k choy ham insult xavfini 27 foizga kamaytiradi.

Ammo topilmalarda muhim geografik farqlar aniqlandi — choy Xitoy va Janubiy Amerikada insult xavfini pasaytirsa, Janubiy Osiyoda kasallik ehtimolini oshirishi mumkinligi qayd etildi.

Tadqiqot, Qahva, Insult xavfi, Oshiradi, Choy, Kamaytiradi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tadqiqot: qahva insult xavfini oshiradi, choy esa kamaytiradi