date

Og‘iz gigiyenasini haddan oshirish qanday zarar qiladi?

Og‘iz gigiyenasini haddan oshirish qanday zarar qiladi?

Tish parvarishi haqida gap ketganda, ko‘pchilik faqat yaxshi niyat bilan harakat qiladi: “Ko‘proq tozalasam, tishlarim sog‘lom bo‘ladi”, deb o‘ylaydi. Ammo stomatolog-terapevt Viktoriya Cherednichenko ogohlantirishicha, tishlarni haddan ziyod tozalash ham og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bugungi kunda stomatologlar har bir ovqatdan keyin tish yuvishni tavsiya qilmay qo‘ygan — bunga sabablar yetarlicha.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, tish gigiyenasida ikki chegara bor: umuman parvarish qilmaslik va aksincha, me’yordan ortiq tozalash. Birinchi holat tishlarda qator muammolarni keltirib chiqarsa, ikkinchi holat — emalning yemirilishi va milkning shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni har ikki holat birday xavfli.

Eng to‘g‘ri yo‘l — kuniga ikki marta tish tozalash: ertalab va kechqurun. Ertalabgi parvarishni nonushtadan keyin amalga oshirish foydali, chunki ovqatdan keyingi kislota muhitida emal yumshoq bo‘ladi. Kechqurungi tozalash esa og‘iz bo‘shlig‘ida tundagi bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.

Stamatologlar yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi cho‘tkadan foydalanishni maslahat berishadi. Past abraziv ko‘rsatkichli pasta emalni asrashga yordam beradi. Tozalash jarayoni 2–3 daqiqa davom etishi, tish va milklarga ortiqcha bosim bermaslik lozim. Cho‘tkaning o‘zi ham abadiy emas — uni kamida har uch oyda bir marta yangilab turish kerak.

Shuningdek, tish gigiyenasi faqat cho‘tka va pastadan iborat emas. Maxsus iplar, og‘iz chaygichlar va eng asosiysi — stomatolog qabullari ham juda muhim. Vaqti-vaqti bilan mutaxassisga ko‘rinib turish kariyes, milk yallig‘lanishi va boshqa kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

Xulosa oddiy: ortiqcha mehr ham zarar. Tishlaringiz chiroyli va sog‘lom bo‘lishini istasangiz, parvarishni me’yor bilan qiling va mutaxassis maslahatini inkor etmang.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Og‘iz gigiyenasini haddan oshirish qanday zarar qiladi?