Bugun aksariyat yoshlar qisqa muddatda qaddi-qomatini raso qilishni xohlaydi. Shu sabab ham ko‘pchiligi fitnes, bodibildingga qatnaydi. Lekin ular bilan shug‘ullanishning ham o‘z qonun-qoidasi bor. Ko‘pchilik bunga amal qilmay, noto‘g‘ri shug‘ullanib, sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltiradi. “Oila davrasida” gazetasida O‘zbekiston bodibilding va fitnes federasiyasi a’zosi, sport ustasi Kamoliddin Jo‘raboyevning bu boradagi tavsiyalari e’lon qilindi.
Qachon shug‘ullanishni boshlagan afzal?
Bodibilding bilan faqat 16 yoshdan keyin shug‘ullangan ma’qul. Shunda ham avvaliga yengil-yengil mashqlarni bajarish kerak. Aslida ushbu sport turining hech qanday zarari yo‘q. Faqat mashq zalida to‘g‘ri shug‘ullanish talab etiladi. Buning uchun, avvalo, badanni yaxshilab qizdirish (yugurib, tez yurib va hokazo) tavsiya etiladi.
Dastur tuzib oling!
Ba’zilar ozg‘in bo‘lsa, «avval to‘lishib, sal vazn olganimdan so‘ng shug‘ullanishga boraman», deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri. Mashq zaliga ozg‘inmi-semizmi, hamma sog‘lom bo‘lish uchun boradi. Murabbiy uning vazni, bo‘yi, salomatligi, oldin qanday kasalliklarga chalinganini hisobga olgan holda alohida dastur tuzadi va shu asosda u bilan ishlaydi.
Fitnes bilan shug‘ullanish natijasida osteoxondroz, bo‘g‘imlarda tuz yig‘ilishining oldi olinadi. Lekin gepatitga chalinganlar ehtiyot bo‘lishi kerak. Ular og‘ir ko‘tarmasligi, yengil mashqlar bajarishi lozim.
Qaysi mavsumda shug‘ullangan ma’qul?
Ayrimlar «yoz oylarida shug‘ullanmasdan, salqin kunlar tushishi bilan yana mashqlarni boshlash mumkin ekan», deya so‘raydi. Bu ham noto‘g‘ri. Bir kun mashq zalida shug‘ullanganingizda bir qadam oldinda bo‘lsangiz, shug‘ullanmagan kuningiz ikki qadam ortda qolasiz. To‘g‘ri, mavsumga ham qaraladi. Lekin bu butun yoz davomida shug‘ullanishni butkul to‘xtatish kerak, degani emas. Faqat yoz oylarida yuklama sal kamaytiriladi.
Mushuk chiqaradigan dorilardan foydalansa-chi?!
Ba’zan endi shug‘ullana boshlaganlar qisqa fursatda qaddi-qomatini o‘zgartirishni istab, turli kimyoviy dori vositalarini sotib olmoqchi bo‘ladi. Ularning ayrimlari sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatib, gepatit (sariq), oshqozon-ichak, buyrak, yurak va jinsiy a’zolar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois bu borada murabbiy maslahatiga quloq tutish zarur.
To‘g‘ri, bunday kimyoviy dori vositalari kishini semirtirishi yoki ozdirishi mumkin. Lekin ma’lum vaqt o‘tgach, o‘zidan turli asoratlar qoldiradi. Qanchalik tez semirtirgan bo‘lsa, shuncha tez ozdiradi. Shu bois, ko‘proq oqsilga, uglevodga boy tabiiy oziq-ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kuniga 4-5 mahal ovqatlanish kerak!
Mazkur sport turi bilan shug‘ullanayotganlar kuniga 4-5 mahal ovqatlanishi kerak. Ozmoqchi bo‘lganlar esa kamroq tanovul qilgani yaxshi. Ko‘p oqsilli ovqatlardan iste’mol qilish kerak, chunki bu sport turida intensiv oqsil almashinuvi kuzatiladi.
Agar tana vaznining ortishi mushak tizimining rivojlanishi hisobiga bo‘lsa, (yog‘ to‘planishi emas) yaxshi hisoblanadi. O‘simlik moylari jigarning lipoidlar hosil qiluvchi funksiyasini pasaytiradi va jigarning yog‘ infiltrasiyasi oldini oladi. O‘simlik moylari taomnomadagi yog‘ miqdorining 25 foizini tashkil etishi kerak. Bunda kungaboqar hamda makkajo‘xori moylari katta ahamiyatga ega. Kungaboqar tarkibida E vitamini mavjud va u mushak faoliyatini kuchaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi