
Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Angliyaning "Nyukasl" jamoasi "Marsel" maydonida uchrashuv o‘tkazdi. Bu safar "qarg‘alar" ochko jamg‘ara olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.
Ular hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyinchalik Angliya futbolini yaxshi biladigan Pyer-Emerik Obameyang tomonidan urilgan ikkita golni o‘tkazib yubordi. "Nyukasl" himoyachisi Den Byorn mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz o‘z o‘yin rejamizga amal qildik. Ammo ikkinchi bo‘lim boshidagi muvaffaqiyatsizlik bizga qimmatga tushdi.
Obameyang bugun yoshi katta bo‘lishiga qaramay, o‘z mahoratini namoyish etdi", - dedi Byorn TNT Sportsga bergan intervyusida. Chempionlar ligasining keyingi turida "Nyukasl" Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.