Uzoq vaqt o‘tirib ishlash umrni qisqartirishi aniqlandi

1 daqiqa o'qish198
Uzoq vaqt o‘tirib ishlash umrni qisqartirishi aniqlandi

Uzoq vaqt bir joyda qimirlamay o‘tirish inson salomatligi uchun juda xavfli ekani yana bir bor isbotlandi. “JAMA Network Open” jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, ish vaqtida uzoq o‘tirish barcha turdagi o‘lim xavfini, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq holatlarni sezilarli oshiradi, deb xabar berdi zamin.uz.

Taybey Tibbiyot universiteti olimlari 481 mingdan ortiq kattalar qatnashgan yirik kuzatuv o‘tkazdi. Ishtirokchilar qariyb 12 yil davomida tekshirilgan: ular sog‘liq tarixi, kundalik odatlari va olib borgan faoliyati haqida ma’lumot berib borgan.

Natijalar shundan dalolat berdiki, tadqiqotdagi odamlarning 60 foizi ish vaqtining asosiy qismini o‘tirib o‘tkazgan, 29 foizi o‘tirish va turishni almashtirib ishlagan, 10 foizi esa deyarli o‘tirmagan.

12 yil ichida 26 mingdan ortiq kishi vafot etgan va ularning yarmidan ko‘pi ko‘proq o‘tirgan guruhga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, uzoq o‘tiruvchilarda barcha sabablar bo‘yicha o‘lim xavfi 16 foiz, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha esa 34 foizga yuqori ekani aniqlangan.

Mutaxassislar ayniqsa yoshi 60 dan oshganlar, chekish odati borlar va surunkali kasalliklardan qiynalganlar uchun xavf yanada oshishiga e’tibor qaratgan.

Olimlar xulosa qilishiga ko‘ra, ish jarayonida o‘tirish va harakatni mos ravishda almashtirish, qisqa tanaffuslar qilish va kun davomida faollikni ko‘paytirish orqali ushbu jiddiy xavfni kamaytirish mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?