date

Di Lorenso: "Oʻyin ruhi qaytdi"


Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi tur oʻyinlari boshlandi. Italiyaning "Napoli" jamoasi oʻz maydonida Qozogʻistonning "Kayrat" klubini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Neapolliklar sardori Jovanni di Lorenso oʻyinni izohlab, jamoaning oʻyin ruhi qaytganini taʼkidladi. "Soʻnggi bir necha hafta biz uchun oson boʻlmadi, ammo bugun yana muhim savollarga javob bera oldik.

Gʻalaba qozonishni xohladik, chunki bugun Maradona vafotining yilligi. Biz oʻyin ruhi va entuziazmni oʻzimizga ham, muxlislarimizga ham qaytara oldik", – dedi di Lorenso calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.

Chempionlar ligasining keyingi turida "Napoli" Portugaliyaning "Benfika" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Lorenso: "Oʻyin ruhi qaytdi"