Amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kuniga 30 daqiqalik yugurish umrni 9 yilga uzaytirar ekan. Tadqiqot natijasi fitnesning a’zolarimizga qanchalik ijobiy ta’sir qilishini yana bir bor isbotlab berdi. Olimlarning qayd qilishlaricha, doimiy jismoniy harakatlar hujayralar qarishini sekinlatadi hamda umrning uzayishiga xizmat qiladi.
Haftasiga 5 kun muntazam ravishda yarim soatdan yugurish inson umrini 9-10 yilga uzaytiradi. Bunday yugurish mashqlari ajin tushishi va sochning oqarishini ham sekinlashtiradi. O‘rta yoshli kishilarda organizmdagi hujayralar juda mustahkam bo‘lib, silliq teri, qalin sochlar va yuqori darajadagi energiya bilan ta’minlaydi. Ammo yillar davomida hujayralar mustahkamligi kuchsizlanib boradi, hujayralarning o‘zi esa halok bo‘la boshlaydi.
Afsuski, bu holat yuzga ajinlar tushishi, sochning oqarishi hamda teri ostidan tomirlarning bo‘rtib chiqib qolishiga olib keladi. Biroq jismoniy harakatlar ushbu jarayonni sekinlatishiga ta’sir o‘tkaza oladi. Tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, mashqlarni faollik bilan bajargan insonlarda telomerlar ko‘rsatgichi ancha uzun bo‘ladi.
Telomerlar – xromosomalardan iborat bo‘lib, ularning uzunligiga qarab, qarish jarayoni ham sekinlashadi. Shuningdek, telomerlarning uzunligi chiroyli tashqi ko‘rinish va qaddi-qomatni tetik bo‘lishini ham ta’minlaydi.
“Pasportda yoshingiz 40 bo‘lsa, bu ko‘rinishiningiz ham 40 yoshda degani emas. Jismoniy faollikning darajasi bizning a’zolarimizdagi qarish jarayonining tezligiga ta’sir ko‘rsatadi”, deydi tadqiqotchilardan biri.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?