Neyrofiziologlar: so‘kinish sog‘likka jiddiy xavf tug‘diradi

1 daqiqa o'qish612
Neyrofiziologlar: so‘kinish sog‘likka jiddiy xavf tug‘diradi

Ba’zi odamlar uchun so‘kinish hissiyotni chiqarish yoki himoya vositasi sifatida ko‘riladi. Ammo olimlar fikriga ko‘ra, bu odat nafaqat madaniyatsizlik belgisi, balki sog‘lik uchun ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Rossiyalik neyrofiziologlar so‘kinishni asab tizimi uchun “agressiya signali” sifatida qabul qilishini ta’kidlamoqda.

Markaziy asab tizimi so‘kinishni tabiiy muloqot emas, balki hujum sifatida qabul qiladi va inson organizmini favqulodda holat — stress rejimiga o‘tkazadi. Bu vaziyatda miya qon aylanishini o‘zgartiradi, gormonlar muvozanati buziladi, organizm himoya reaksiyasini ishga tushiradi.

Neyrofiziologlar ta’kidlashicha, bunday paytda inson hatto og‘riq hissini ham vaqtincha yo‘qotishi mumkin — bu stress gormonlari ta’siri bilan bog‘liq. Ammo bu holat uzoqqa cho‘zilsa, tana jismoniy va ruhiy charchoqni yig‘ib boradi.

Doimiy asabiy zo‘riqish natijasida yurak-qon tomir tizimi qattiq bosim ostida qoladi. Vaqt o‘tishi bilan bu infarkt, insult, gipertoniya yoki qandli diabet kabi og‘ir kasalliklarning kelib chiqish ehtimolini oshiradi.

Mutahassislar ta’kidlashicha, so‘kinishning ko‘p takrorlanishi odamni nafaqat stress holatida ushlab turadi, balki u bilan muloqotda bo‘lgan atrofdagilarning ham ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Chunki agressiv so‘zlar miyada xavf va tajovuz bilan bog‘liq markazlarni faollashtiradi.

Psixologlar insondagi to‘plangan negativ energiyani so‘kinishsiz chiqarishning ko‘plab usullari mavjudligini aytishmoqda: toza havoda sayr qilish, musiqa tinglash, nafas mashqlari yoki shunchaki sukunatda bo‘lish miya faoliyatini barqarorlashtiradi.

Shunday ekan, so‘kinishni “yonib chiqish usuli” deb bilish xato. Aksincha, bu organizmni stressga botiradigan, sog‘lomlikni sekin-astalik bilan yemiruvchi omil hisoblanadi. Asabga orom, tanga tinchlik kerak bo‘lsa — so‘zni muloyim tanlang.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?