Chumolilar ham epidemiyaga qarshi “aqlli muhofaza” qurar ekan

1 daqiqa o'qish252
Chumolilar ham epidemiyaga qarshi “aqlli muhofaza” qurar ekan

Britaniyalik olimlar hayratlanarli tabiat sirini ochishdi — chumolilar ham kasallik xavfini his etganda o‘z uylarini “qayta loyihalashar” ekan.

Bristol universiteti tadqiqotchilari aniqlashicha, chumolilar infeksiya tarqalishini oldini olish uchun uyalarining ichki tuzilishini o‘zgartirishadi. Ular kirish joylarini kengaytirib, kameralarni ajratib qurish orqali hasharotlar orasidagi bevosita aloqani kamaytiradi.

Tadqiqot phys.org saytida chop etilgan bo‘lib, mutaxassislar buni hayvonlar olamida birinchi marta kuzatilgan holat sifatida ta’kidlashgan. Olim Lyuk Lekining so‘zlariga ko‘ra:

“Bu — insondan boshqa jonzotning o‘z muhitini kasallik tarqalish xavfini pasaytirish maqsadida o‘zgartirishi ilk bor ilmiy isbotlangan holat”, — dedi u.

Tadqiqot jarayonida olimlar ikki guruhga bo‘lingan 180 ta ishchi chumolini kuzatishgan. Ular tuproq bilan to‘ldirilgan idishlarda yangi uya qurishgan. Bir guruhga keyinchalik zamburug‘ sporalari ta’sir ettirilgan va 6 kun davomida ularning faoliyati maxsus mikro-KT skaner orqali 3D formatda tahlil qilingan.

Natijalar shundan dalolat berdiki, chumolilar qurgan “qayta loyihalangan” uyalar infeksiya tarqalish xavfini ancha pasaytiradi. Bu esa ularning ijtimoiy immunitet tizimida muhim rol o‘ynaydi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kashfiyot inson jamiyati uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, epidemiyalar davrida shaharlar arxitekturasi va jamoat muhitini shunday tarzda boshqarish mumkinki, xavf darajasi sezilarli kamaysin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?