date

Sankt-Pauli ketma-ket beshinchi magʻlubiyatini qabul qildi

Sankt-Pauli ketma-ket beshinchi magʻlubiyatini qabul qildi
Bundesliganing sakkizinchi turida "Ayntraxt" oʻz maydonida "Sankt-Pauli"ni qabul qilib, raqibni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu oʻyin mehmonlar jamoasi uchun ketma-ket beshinchi magʻlubiyat boʻldi.

35-daqiqada burchak zarbasidan soʻng "Sankt-Pauli" darvozaboni xatoga yoʻl qoʻydi va "Ayntraxt" hujumchisi Jonatan Burkardt toʻpni bosh bilan darvozaga yoʻllab, hisobni ochdi. 56-daqiqada Burkardt yana maydonga chiqib, bu safar Fares Shaibi uzatmasidan foydalangan holda jarima maydonidan toʻpni darvozaga kiritdi.

Mazkur gʻalabadan soʻng "Ayntraxt" 13 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, "Sankt-Pauli" 7 ochko bilan 14-oʻrinda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sankt-Pauli ketma-ket beshinchi magʻlubiyatini qabul qildi