Olimlar xotirani mustahkamlashning tabiiy va oddiy usulini topdi

1 daqiqa o'qish22.8K
Olimlar xotirani mustahkamlashning tabiiy va oddiy usulini topdi

Xotira va diqqatni kuchaytirish uchun qimmat dorilar yoki maxsus kurslarga ehtiyoj yo‘q. Yaqinda “Food & Function” (F&F) ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda. Olimlar aniqladiki, to‘liq donli mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilish o‘rta va katta yoshdagi odamlarda aqliy faoliyatni sezilarli darajada yaxshilaydi va yoshga bog‘liq xotira pasayishi xavfini kamaytiradi.

Tadqiqotda Xitoyda yashovchi 5000 dan ortiq kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 64dan yuqori bo‘lgan. Mutaxassislar ishtirokchilarning ovqatlanish odatlarini diqqat bilan tahlil qilib, natijalarni xotira, diqqat va aqliy tezlikni aniqlovchi testlar bilan taqqoslashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, har kuni taxminan 75 gramm to‘liq donli mahsulot (jumladan, bug‘doy, sulu yoki javdar) iste’mol qilgan ishtirokchilar barcha kognitiv testlarda yuqori natijalar ko‘rsatgan. Ular yengil aqliy buzilishlar va xotira sustlashuvini boshdan kechirish ehtimoli 18 foizga kam bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, don iste’moli bilan og‘zaki xotira, diqqatni jamlash va tez fikrlash qobiliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ayniqsa aniq namoyon bo‘lgan. Olimlar bu holatni don tarkibidagi muhim moddalar — tabiiy tolalar, B guruhi vitaminlari, magniy hamda antioksidantlar bilan izohlaydilar. Ushbu elementlar miya neyronlarini himoya qilib, qon aylanishini yaxshilaydi va aqliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, diyetada to‘liq donli mahsulotlar ulushini hatto biroz oshirishning o‘zi ham katta yoshda miya sog‘lomligini saqlashning oson va tabiiy yo‘li bo‘lishi mumkin.

Shu bois olimlar har kuni nonushta yoki tushlikda to‘liq donli non, sulu yoki javdar botqog‘i kabi mahsulotlarni qo‘shishni tavsiya etadi. Bu nafaqat xotirani mustahkamlaydi, balki umumiy energiyani ham oshiradi va kayfiyatni barqaror saqlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?