Har kuni piyoda yurish sog‘lom hayotning kaliti

1 daqiqa o'qish344
Har kuni piyoda yurish sog‘lom hayotning kaliti

Zamonaviy hayot shiddati odamlarni harakatsiz turmushga odatlantirib qo‘ydi. Kun bo‘yi kompyuter yoki telefon oldida o‘tirish, kechasi televizor qarshisida vaqt o‘tkazish — bugungi kunning oddiy holatiga aylangan. Ammo bu odat inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Kamharakatlik natijasida ko‘pchilik ortiqcha vazn, qon aylanish buzilishi, suyak-mushak tizimi va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Mutaxassislar buning oldini olishning eng oddiy, arzon va samarali yo‘li sifatida piyoda yurishni tavsiya etmoqda.

Kuzning tetik va yoqimli havosida piyoda sayr qilish nafaqat tanaga, balki ruhiyatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zini yengil, tetik va xotirjam his etadi. Yurish chog‘ida gavdaning barcha muskullari ishlaydi, qon aylanishi faollashadi, ichki organlar faoliyati rivojlanadi.

Ertalab ishga ketishda 30–40 daqiqa yayov yurish kunni tetik boshlashga yordam beradi. Ishdan keyin yo‘lning bir qismini piyoda bosish esa charchoqni yengillashtiradi va asab tizimini tinchlantiradi.

Mutaxassislar ta’kidlaydi: bir kunda to‘rt marta 10 daqiqadan yurish qon bosimini me’yorlashtiradi, kuniga 15 daqiqa tez qadam bilan yurish esa 100 kkal sarf etish imkonini beradi. Bu — ozishning eng tabiiy va qulay usuli.

Piyoda yurish immunitetni mustahkamlaydi, shamollash va stressdan himoya qiladi. Shuningdek, yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytiradi va asab tizimini barqarorlaydi.

Shunday ekan, sog‘lom hayot uchun sport zali yo yo‘l-yo‘riq shart emas. Har kuni bir soatlik yayov sayrning o‘zi tanadagi charchoqni yengadi, ongni tozalaydi va hayotga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?