09:51 / 02.02.2018
5 851

Uzoq umr ko‘ray desangiz...

Uzoq umr ko‘ray desangiz...
Ikki jentlmen Temza daryosi ustidagi ko‘prikda turishibdi. Daryoda bir kishi cho‘kyapti va baland ovozda baqirmoqda:
— Qutqaringlar! Yordam beringlar! Men suzishni bilmayman, men suzishni bilmayman!

Birinchi jentlmen ikkinchisiga murojaat qildi:
— Ser, siz suzishni bilasizmi?

— Yo‘q, ser.
— Men ham bilmayman. Lekin biz butun Londonga bu haqda jar solmayapmiz-ku…
***
Rabinovich uyiga keldi-da, jilmaygancha xotiniga dedi:
— Meni ishdan bo‘shatishdi!

— Men hech nimaga tushunmayapman, ishdan bo‘shatishgan bo‘lsa, nega buncha xursandsiz? — so‘radi xotini.
— Mendan boshqa hammani qamashdi!
***
— Dada, mashinangizning kalitini olsam maylimi? — so‘radi o‘spirin yigitcha otasidan. — Sinfdoshlarimga narxi yuz million turadigan avtomobilda yurishimni bi-ir ko‘rsatib qo‘ymoqchiman.

— Mana, senga ming so‘m, — javob berdi otasi, — borib avtobusga chiqqin-da, sinfdoshlaringga ikki yuz million turadigan ulovda yurishing bilan bi-ir maqtanib qo‘y.
***
Ishga kechikkan xodimning tushuntirish xatidan: «Men ishga soat 8:00 da emas, 10:00 da keldim, chunki, baribir, 10:00 gacha hech kim biror ish qilmaydi, faqat choy ichib o‘tiradi. Men esa buncha ko‘p vaqt choy icholmayman».

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘ray desangiz...