Agar siz qachonlardir millioner bo‘lishni xohlasangiz (kim ham xohlamaydi deysiz?), hozir ayni vaqti. Spectrem Group o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra, hozirda AQShda millionerlar soni eng ko‘p darajada.
Yaqinda Bloomberg agentligi e’lon qilgan dunyoning dollar milliarderlari Top-500 reytingiga Rossiyaning ham 27 nafar fuqarosi kiritildi. Garchi hech kim milliondan voz kechishni istamasa-da, ko‘pchilik uni ishlab topa oladi. Biroq faqatgina dunyoning eng bosh kishilarida uchraydigan ayrim xususiyatlar ham borligini unutmaslik kerak. Agar siz ushbu xususiyatlardan biriga ega bo‘lsangiz, ehtimol siz kelgusida millionerlardan biri bo‘la olasiz.
1. Sizda har doim tadbirkorlik g‘oyasi bo‘lgan
Economist nashrining yozishicha, dunyodagi millionerlaridan yarmiga yaqini o‘z boyligini shaxsiy biznesi orqali to‘plagan. Boylarning aksariyati o‘z ishini yoshligidanoq yo‘lga qo‘ygan. Mark Kyuban ishga joylasholmagan va 12 yoshida chiqindi qopchalarini qo‘shnilariga sotish bilan shug‘ullangan. Uorren Baffett ham shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullangan. U 6 yoshidayoq do‘stlariga saqich sotgan. Richard Brenson 11 yoshida to‘tiqushlarni ko‘paytirib, sotishni kasb qilgan. Bu tajriba va mehnat odobi ko‘plab bolalar va o‘smirlar katta bo‘lgach, ko‘p milliardli kompaniyalarni ishga tushirishiga olib keladi.
2. Sizning bir nechta daromad olish manbaingiz bor
Har kim ham millionlab daromad keltiruvchi kompaniyaga asos solishni xohlaydi, biroq barcha bunga erisha olmaydi. Yaxshisi, bir nechta kichik manbani topish kerakki, ulardan keladigan daromad millionni tashkil etsin. Tomas K. Korli o‘zlarining birinchi million dollarini ishlagan insonlarning hayotini 5 yil mobaynida o‘rgandi. Uning aniqlashicha, ularning aksriyati bir nechta daromad manbaiga ega bo‘lgan. Jumladan, 65 foizga yaqini 3 ta turli daromad manbaiga ega bo‘lgan bo‘lsa, 45 foizida 4 ta, 29 foizida 5 va undan ortiq manba bo‘lgan. «Daromadning 3ta manbasi millionerning sehrli self-made formulasi. Ammo, daromadlar manbaini qanchalik ko‘paytirishning uddasidan chiqsangiz, sizning moliyaviy ahvolingiz shunchalik mustahkam bo‘ladi».
3. Siz doim o‘rganishdasiz
Yozuvchi va millioner Stiv Sibold 30 yildan ko‘proq vaqt davomida dunyoning ayrim badavlat kishilar bilan suhbatlashdi. Uning aniqlashicha, ularning aksariyati kitob mutolaasini yaxshi ko‘rishadi. Siboldning aniqlik kiritishicha: «O‘rta toifa romanlar, tabloidlar va ko‘ngilochar jurnallar o‘qiydi. Boy odamning uyiga kirsangiz, uni muvaffaqiyatga yetaklagan ulkan kutubxonaga ko‘zingiz tushadi». Taniqli milliarderlarning aksariyati, har holda bu nuqtai-nazarni tasdiqlashadi. Bill Geyts, masalan, yiliga 50 tacha kitob o‘qiydi. Uorren Baffett ish kunining 80 foizga yaqinini kitob mutolaasiga sarflaydi. Ilon Maskdan raketa yasashni qanday o‘rganib olganini so‘rashganida: «Men kitob o‘qiyman», deb javob bergan.
4. Birinchi galda o‘zingizga haq to‘laysiz
Biz ko‘p hollarda o‘zimizga pul yig‘ishni ahd qilamiz, ammo keyinroq, bu ishni keyinroqqa suramiz. Ammo o‘sha «keyin» hech qachon kelmaydi. Shu boisdan ham ko‘plab millionerlar jamg‘arma va investitsiyalarni to‘lash shart bo‘lgan to‘lovlarga tenglashtirishadi. Moliyani rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis Nensi Batler shunday deydi: «Aksariyat insonlar pullarini sarflashadi, o‘z to‘lovlarini to‘lashadi va qolganidan pul jamg‘arishadi. Aslida, buning aksini qilish zarur: dastlab pulni jamg‘armaga ajratish, so‘ngra hisoblarni to‘lash, keyin qolganini qanday sarflashni o‘ylash kerak». Ko‘plab moliyaviy ekspertlar 50/30/20 formulasidan foydalanishni tavsiya etishadi: Daromadingizning 50 foizi ehtiyojlarga sarflanadi (kreditlar, to‘lovlar, taom va b), 30 foizi iste’molga, masalan kiyim-kechakka, qolgan 20 foizi jamg‘arishga.
5. Siz kamtarona hayot kechirasiz
Ma’lumki, Uorren Baffett 1958 yildan beri Nebraska shtatidagi Omaxa shahridagi uyida istiqomat qiladi. 70 mlrd dollar boylikka ega Mark Sukerberg oddiy Volkswagen haydaydi.
Ko‘ngilxushlikni ortga surish — bu ko‘plab millionerlarga xos bo‘lgan jihatdir. Ular ishlab topgan pullarini sarflash istagini nazorat qila olishadi. Aksariyat odamlarda bu haqiqiy muammodir. Ammo, ko‘ngilni cho‘ktirmang. Siz ham xaridlarga bo‘lgan istakni nazorat qilishni o‘rganishingiz mumkin. Shaxsiy moliyaviy boshqaruv haqida yozadigan bloger Lans Kotern so‘zlariga ko‘ra, o‘zini-o‘zi nazorat qilishning bir nechta strategiyasi bor. Siz maqsadlaringizni yozib qo‘yib, xaridni boshlashdan avval bir hafta kutasiz, o‘zingizdan katta bilan ular yo‘l qo‘ygan xatoni takrorlamaslik uchun maslahatlashasiz. Millioner bo‘lish ko‘pchilikka erishib bo‘lmasdek tuyuladi. Ammo, fikrlashni to‘g‘ri tashkil etsangiz, bunga erishish qiyin emas. Yuqoridagilarning ayrimlari sizda bor bo‘lsa, demak siz ham kelajakda millioner bo‘lishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”