date

AQShda AMD Ryzen 9 9950X3D narxi 18 foizga pasaydi

AQShda AMD Ryzen 9 9950X3D narxi 18 foizga pasaydi

AQShning Amazon savdo maydonchasida "AMD" kompaniyasining Ryzen 9 9950X3D protsessori narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Tavsiya etilgan 700 dollar o'rniga endilikda ushbu qurilmani 574 dollarga sotib olish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Garchi yaqinda Ryzen 9 9950X3D2 Dual Edition modeli taqdim etilgani sababli ushbu protsessor rasman flagman hisoblanmasa-da, uning o'yinlardagi unumdorligi eng yuqori modellarga mos keladi. Yangi model bilan narx orasidagi farq 325 dollarni tashkil etmoqda.

Ikkala protsessor ham 16 yadroli va 32 oqimli hisoblanadi. Biroq yuqori model 208 MB hajmdagi kesh xotira va 200 Vt quvvat iste'moli bilan ajralib turadi.

Narxlarning 18 foizga pasayishi eski modelni bozordagi eng jozibador takliflardan biriga aylantirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda AMD Ryzen 9 9950X3D narxi 18 foizga pasaydi