17:21 / 28.08.2018
7 075

Sochlar chiroyli koʻrinishi uchun nima isteʼmol qilish kerak?

Sochlar chiroyli koʻrinishi uchun nima isteʼmol qilish kerak?
Goʻzallik avval odamning ichida paydo boʻladi. Bu ayniqsa sochlar yaltirashi, sogʻlom va yaxshi oʻsishiga tegishli. Bunday natijaga erishish uchun ratsionga qanday mahsulotlarni kiritish kerakligi haqida aytib beramiz.

Foto: Pixabay
Qovoq urugʻi va kunjut

Har ikki mahsulot tarkibida sink bor. Bu mikroelement soch toʻkilmasligi uchun zarur. Bundan tashqari, sinkning yetishmasligi hatto sochlar toʻkilishiga olib keladi. Qovoq urugʻining oʻzini yoki salatlar, krem-shoʻrvalarga qoʻshgan holda isteʼmol qilish mumkin. Kunjutni esa tovuqqa ziravor sifatida qoʻshish mumkin. U yanada totli boʻlishi uchun uni quruq tovada 2-3daqiqa qovurib oling.

Non kepagi

Yuqori navli un ishlab chiqarilayotganida don qobigʻi koʻrinishidagi chiqindilar qoladi. Bu kepak. Oʻzining estetik boʻlmagan kelib chiqishiga qaramay, u organizm uchun juda foydali. Uning tarkibida sochlar salomatligi va goʻzalligi uchun zarur boʻlgan V vitaminlar guruhi bor. Bundan tashqari, kepak organizmni aʼlo darajada tozalaydi. Uni ichimliklarga qoʻshish, non tayyorlash mumkin. U nafaqat bugʻdoy, balki suliniki boʻlishi ham mumkin.

Foto: Pixabay
Banan

Bananlarda kepakda boʻlgani kabi V guruhi vitaminlari, jumladan V7 — biotin ham boʻladi. Ular yana kayfiyatni koʻtaradi va isteʼmol uchun yoqimli. Ularni shu holicha isteʼmol qiling yoki smuzi tayyorlang.

Jigar

Koʻpchilik bu mahsulotni xush koʻrmaydi. Ayollarda temir yetishmovchiligi koʻp kuzatiladi. Aynan shu sababli sochlar toʻkilishi yoki nursiz boʻlishi mumkin. Jigar esa oson hazm boʻladigan temir manbai. Agar sizga mol jigari taʼmi yoqmasa, u holda tovuq jigarini tatib koʻring: u tez tayor boʻladi. Uni suvda pishirilgan grechka bilan birgalikda isteʼmol qiling. Ana oʻshanda organizm uchun temirning katta miqdori kafolatlanadi. Aytgancha, jigarda yana oqsil miqdori ham koʻp. U esa sochlar uchun ham zaruriy qurilish materiali.

Foto: Pixabay
Tuxum

Birinchidan, uning tarkibida oqsil va yogʻlarning optimal miqdori bor. Bu esa tuxumni sogʻlom ratsionning zaruriy qismiga aylantiradi. Bundan tashqari, tuxum tarkibida A, D, Ye, V guruhi vitaminlar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlar chiroyli koʻrinishi uchun nima isteʼmol qilish kerak?