13:48 / 06.10.2018
4 333

Aybli homilani tushirib yuborish xukmi

Aybli homilani tushirib yuborish xukmi
Allohning Oʻziga hamdlar boʻlsin!

Ortlaridan nabiy yoʻq zotga solavotlar boʻlsin!

Islom Fiqhi Akademiyasi Makkai Mukarramada, Robitaning binosida, 1410 h.s. 15 - 22 Rajab

(1990 yil, 10-17 fevral) kunlari boʻlib oʻtgan oʻn ikkinchi majlisida aybli holdagi homilani tushirib yuborish haqidagi masalani koʻrib chiqdi.

Munoqasha va fikr almashuvlardan keyin Islom Fiqhi Akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qildi:

Agar homila bir yuz yigirma kunlik boʻlgan boʻlsa, uni tushirib yuborish joiz emas. Tibbiy tashxis uning aybli yaralganini qayd etgan boʻlsa ham.

Faqatgina ishonchli mutaxassis tabiblardan tashkil topgan tibbiy guruh homilani qolishida onaning hayotiga muqarrar xatar borligiga qaror qilsagina, uni tushirib yuborish joiz. Bunda ikki zarardan kattasini daf qilish bor.

Agar ishonchli mutaxassis tabiblardan tashkil topgan tibbiy guruh jihozlar va tahlil yoʻllari ila homilaning xatarli ayblari borligini, uni davolab boʻlmasligini, u oʻz vaqtida tugʻilsa hayoti yomon boʻlishi, oʻziga ham ota-onasiga ham dardu alam boʻlishi aniqlasagina, ota-onaning talabi asosida uni tushirib yuborish joiz boʻladi.

Majlis bu qarorni qabul qilar ekan, tabib va ota-onalarga bu masalada Allohga taqvo qilishni va bu ishda aniqlik bilan harakat qilishni tavsiya qiladi.

Tavfiq beruvchi Allohning Oʻzidir.

Manba: fiqh.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aybli homilani tushirib yuborish xukmi