
«Business Insider»ning yozishicha, agarda odam buyraklari ishlov bera oladigan darajadan ko‘p miqdorda suv ichishda davom etsa, uning salomatligida muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Nashrning aniqlik kiritishicha, buyraklar soatiga taxminan 800-1000 millilitr suvni ishlab bera oladi. Agarda me’yor oshirib yuborilsa, organizmda natriy balansi buziladi.
Olimlar bu holatni suvdan «mast bo‘lish» deb nomlashdi. Bunda qon bosimi barqarorligi buziladi, oqibatda miya funksiyasiga shikast yetib, koma, hatto o‘lim holatiga olib kelishi mumkin, deyishmoqda mutaxassislar.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, suvni o‘ta ko‘p ichish organizm uchun suvsizlanishdan kam xavf tug‘dirmaydi. Ayniqsa, buyragida muammosi bor insonlar suv bilan «o‘ynashmaganlari» ma’qul.
Manba: Xabar.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar