Men bozorda savdogarchilik bilan shug‘ullanardim. Savdogarchiligim pista, bodom, mayiz kabi, narsalar sotishdan iborat edi. Odatda biz kabilar mayda savdogarlar deyiladi. Topganimiz tirikchilikdan oshmasdi. Qish kunlarida mahallada ko‘mir sotadigan savdogarlar bozori chaqqon bo‘ladi. Ular oldiga to qish tugaguncha butun mahalla ahli kunda kun ora borib turadi.
Uyda ko‘mir tugagani uchun bozordan kelib, men ham qo‘shnim oldiga chiqdim. Uch to‘rt qop ko‘mir olmoqchi edim. Borsam ko‘mir sotuvchi qo‘shnim bir bolaga gapirib turgan ekan. Eshitib tursam, u "Oldingi olgan ko‘mirni pulini hali to‘lamagansizlar. Endi yana qarzga ko‘mir berolmayman", -derdi. U bola ko‘mir olmasdan chiqib ketdi. Men suhbatga aralashib, ko‘mirchidan nima gapligini surishtirdim.
Bu bolani otasi vafot etgan. Uyida onasi va ukalari bilan yashaydi. Ularga qarzga ko‘mir berganman. Yana so‘rab kelibdi. Menda sharoit yo‘q qarzga berishga. Shunga berolmadim deb tushuntirdi. Qur’onu hadisda yetimlarga yaxshilik qilishga chaqirilgan. Men ham yetim bolalarga oz bo‘lsa-da, bir yaxshilik qilay deb o‘ylab qoldim. Men chiqib, u bolani chaqirdim. Uch to‘rtta qop ko‘mirni pulini to‘lab unga berib yubordim.
Keyin, o‘zimga ham uch qop olib uyga qaytdim. Bu meni qo‘limdan kelgan kichkina yaxshilik edi. Mening savdoim ham yaxshimas va o‘zimizdan orttira olmasdim. Shu kuni tunda uyimni eshigi taqillab qoldi. Chiqsam hokimiyatda ishlaydigan oq ko‘ylak kiyib, bo‘yinbog‘ taqqan kostyum shim kiygan kishilar edi. Ular mendan tunda bezovta qilgani uchun uzr so‘rab, ertaga bir kattakon mehmonga kelayotgani uchun ular tonggacha dasturxon tuzatishi lozim ekan. Shunga pista, bodom kabi narsalardan sotib olishga tunda kelishibdi. Men kiyinib chiqib ular bilan bozorga ketdim.
Ular mening sotuvga qo‘ygan narsalarimni qopi bilan savdo qilishdi. Odatda bu kabi mahsulotlarni odamlar bir yo ikki kilodan ko‘p olishmasdi. Bular bisotimda borini yarmini olishdi. Meni uyga qaytarib olib borib qo‘yishdi. Shu tunda yarim soatda qilgan savdoim bir oyda qiladigan savdodan ko‘proq bo‘ldi. Men o‘ylanib qoldim. Kecha yetimlarga uch qop ko‘mir olib berganimga, shu zahoti tunda shunaqa savdo qilganimga hayron edim. Bu kabi savdo umrimda bo‘lgan emasdi. Men yetimlarga yaxshilik qilish shunchalik tezda qaytishini kutmagandim.
Xulosa: Albatta, yetimlarga yaxshilik qilish mukofoti naqd bo‘lgan amaldir. Bu mukofot ertami kechmi albatta bo‘ladi. Shu dunyoni o‘zida bo‘lishi mumkin. Yoki dunyoda qaytmasa oxiratda albatta bo‘ladi. Chunki, Allohu Taolo Qur’oni Karimda: “Yaxshilikning mukofoti yaxshilik emasmi?” deb marhamat qilgandir. (“Rahmon” surasi 60 oyat)
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”