11:30 / 25.02.2019
7 172

Kim odamlarga kekkaysa, xor bo‘ladi...

Kim odamlarga kekkaysa, xor bo‘ladi...
Ali roziyallohu anhu shunday degan ekanlar:
“Ey odamlar! Kim o‘zining aybiga qarasa, boshqalarning aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi. Kim Alloh bergan rizqqa rozi bo‘lsa, boshqalarning qo‘lidagi narsaga afsus chekmaydi. Kim xiyonat qilichini yalang‘ochlasa, o‘zi o‘sha qilich bilan o‘ldiriladi. Kim birodariga chuqur qazisa, unga o‘zi qulaydi.
Kim birovning aybini ochsa, o‘z xonadonidagi ayblari ochilib qoladi. Kim o‘zining toyilganini unutsa, boshqalarning toyilishini ulkan sanaydi. Kim o‘z fikriga lol qolsa, adashadi. Kim aqliga ishonsa, toyiladi. Kim odamlarga kekkaysa, xor bo‘ladi. Kim odamlarni beaqllikda ayblasa, so‘kiladi. Kim ulamolarga aralashib yursa, viqorli bo‘ladi.
Kim pastkashlarga aralashib yursa, uni mensishmaydi. Kim toqati yetmaydigan narsani bo‘yniga olsa, ojiz qoladi".
Arabic.uz telegram kanaliidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kim odamlarga kekkaysa, xor bo‘ladi...