Yoshi saksonga borib qolgan Hilmi ota oʻtgan yili kampiridan ayrilib, oʻgʻliyu keliniga ortiqcha yuk boʻlib qoldi. Ovqatlanganida, dasturxonni toʻkar, tomorqada ishlasa tuproq ust-boshi bilan ichkariga kirar, uyda oʻtirgan joyida qumlar toʻkilardi. Sema kelin bunday paytlarda gʻazabdan oʻzini qoʻyarga joy topolmas, eri uyda boʻlmagan kezlari qaynotasiga zugʻum qilar, baqirib, siltab-jerkib ozor berardi.
Kelinining qoʻpolligidan dili ogʻrisa-da, otaxon bir soʻz demasdi. Sema dardisar deb qaragan qaynotasining keksalarga xos qiliqlaridan malollanib bir kuni eriga:
– Yo shu uyda otangiz yashaydi yoki men, - deya gʻazabini sochdi.
Bu gapni bogʻda gullarni sugʻorayotgan Hilmi ota eshitdi. Koʻngli ogʻridi. Oʻsha kundan boshlab ovqatlanayotganida dasturxonga toʻkmaslikka urinar, ammo keksalik tufayli qoʻllari qaltiraydigan qariya buni uddalay olmasdi. Yana bir janjaldan keyin oʻgʻil bilan kelin otani keksalar uyiga topshirib yuborishga qaror qildi. Hilmi ota koʻz yoshlar bilan oʻsha oqshom narsalarini toʻplab, eski jomadonga joylashtirdi.
Tongda uydan chiqayotib, eski sandiqdan xotira daftarini olib, oʻgʻli va kelinidan besh daqiqa uni eshitishlarini oʻtindi. Otaxon titroq ovozi bilan xotiradagi bitikni oʻqishga urindi.
- “1985 yil, 18 mart. Kichik oʻgʻlimiz Najotiy otash ichida yonyapti. Onasi Olmos bilan bu tun koʻz yoshlarga gʻarq boʻlib tong ottirdik”.
- “25 mart. Deraza oynasining sinigʻi bolamning qoʻlini kesgandi, shisha parchasi yuragimga botganday boʻldi. Jonimning parchasi, jonim bolamning joni ogʻrimasin! Senga kelgan dardu iztirob menga kelsin, bolam”.
- “28 mart. Oʻgʻlimiz ovqatini oʻzi yeyishga harakat qilyapti. Ovqat yeyotganda ushoqlarni har yonga sochib, dasturxonni kir qildi. Uning qiliqchalari gʻashimizga tegmaydi, aksincha onasi bilan yayraymiz.”
- “4 aprel. Oʻgʻlimiz betob boʻlib qoldi. Yana onasi bilan tunlari bedormiz. Ey Alloh, oʻgʻlimizga shifo ber!..”
Hilmi ota xotira daftaridagi qaydlarni oʻqir ekan, oʻgʻli Najotiy boshini quyi solib xoʻrsinar, koʻzidan toʻkilayotgan tomchi yoshlardan oʻzini toʻxtata olmasdi. Uyatdan farzandi oldida yuzini bekitishga urinar, oʻzini keksa otasi bagʻriga otgisi kelar, ammo uning uchun oʻzida kuch topa olmasdi...
Suat Oʻzge
Turk tilidan Umida ADIZOVA tarjimasi
Turk tilidan Umida ADIZOVA tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”